“Real” jamoasining sobiq hujumchisi Raul Gonsales o‘zi kimlarni eng yaxshi futbolchilar sifatida bilishini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
Uning fikricha, Paolo Maldini eng yaxshi himoyachi bo‘lgandi.
“Paolo aqlli va kuchli futbolchi edi. Unga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Menimcha, u dunyo tarixidagi eng zo‘r himoyachi bo‘lgandi. Uning o‘yinga munosabati ham butkul o‘zgacha edi.
Eng yaxshi darvozabon esa Oliver Kan. U EChL o‘yinlarida ikki barobar kuchli bo‘lib ketardi.
Menga qarshi o‘ynagan eng yaxshi o‘yinchi esa Lionel Messi hisoblanadi. Men “Real”da Zidan, Ronaldo, Figu va Krishtianu kabi juda kuchli hujumkor futbolchilar bilan o‘ynaganman. Ammo Messi boshqacharoq. U uddalab bo‘lmasdek ko‘rinadigan harakatlarni amalga oshiradi. Agar uning o‘yiniga nazar solsangiz, u o‘zini ko‘chada do‘stlari bilan to‘p tepayotgandek erkin his qilishini ko‘rasiz. O‘z davrida Roberto Bajjo va Rayan Giggz shunday o‘ynardi”, deydi Raul AS nashriga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi