Mukasa Husanovni olqishladi: undan o‘tib ketish oson emas

1 daqiqa o'qish7.8K
Mukasa Husanovni olqishladi: undan o‘tib ketish oson emas

«Manchester Siti»ning yosh va istiqbolli futbolchilaridan biri Divayn Mukasa jamoadoshi Abduqodir Husanovning so‘nggi o‘yindagi harakatlariga yuqori baho berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachi maydonda raqiblar uchun haqiqiy to‘siqqa aylangan.

City Studios’ga bergan intervyusida Mukasa Husanovning jismoniy tayyorgarligi va o‘yinni o‘qish qobiliyatini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, Abduqodirni yakkakurashlarda ortda qoldirish deyarli imkonsiz.

— Husanovdan o‘tib ketish juda mushkul. U juda tez, harakatchan va har doim to‘g‘ri joyda bo‘ladi. «Brentford»ning deyarli barcha xavfli hujumlarini o‘qib, o‘z vaqtida to‘xtatdi. Golga tortadigan vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi. Shuning uchun u albatta alohida e’tirofga loyiq, — dedi Mukasa.

Aytish joizki, mazkur bahs Angliya Liga kubogining chorak finali doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Siti» «Brentford» ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Bu uchrashuvda Husanov to‘liq harakat qilib, himoyada barqarorlik va ishonch namoyon etdi.

Xosep Gvardiola shogirdlari uchun bu natija juda muhim bo‘ldi. Endi «shaharliklar» Liga kubogi yarim finalida «Nyukasl» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Muxlislar esa Husanovning himoyadagi ishonchli o‘yini hal qiluvchi ahamiyat kasb etishiga ishonmoqda.

Qisqasi, jamoa ichida ham, muxlislar orasida ham Abduqodir Husanovga bo‘lgan ishonch oshib bormoqda. Bu esa uning «Siti»dagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganidan darak.

Endi "Manchester Siti" Liga kubogining yarim finalida "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?