Kafanov: Safonov sovet darvozabonlar maktabining munosib vorisi

Kafanov: Safonov sovet darvozabonlar maktabining munosib vorisi
Rossiya terma jamoasida darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiy Vitaliy Kafanov Matvey Safonovning Qit'alararo kubok finalidagi muvaffaqiyatli o'yini haqida fikr bildirdi. PSJ darvozaboni Braziliyaning “Flamengo” jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida 4 zarbani qaytardi.

Kafanov bu voqeani ramziy deb atadi: aynan shu kunda Lev Yashin “Oltin to'p” sohibiga aylanganini eslatdi. Murabbiyning ta'kidlashicha, Safonov sovet va rossiyalik darvozabonlar maktabining munosib davomchisidir.

Joriy mavsumda 26 yoshli golkiper klub safida 4 uchrashuvda maydonga tushdi. Shulardan 2 o'yinda u darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Transfermarkt portali Safonovning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar