date

Tobias Del Pyero Sanremezeni o'yin o'tkazmasdan tark etdi


Tobias Del Pyero Italiya Seriya D vakili «Sanremeze» klubini tark etmoqda. Mashhur Alessandro Del Pyeroning o'g'li jamoada besh oy davomida bo'lganiga qaramay, birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmadi va bosh murabbiy ishonchini qozona olmadi.

Bundan avval u «Empoli»da o'z o'rnini topishga uringan, biroq u yerda ham jami qariyb 400 daqiqa o'ynagan bo'lsa-da, asosiy tarkibda barqaror joy egallay olmagan. Endi esa Del Pyero uchun nisbatan kam nufuzli «Sanremeze»da ham imkoniyat topilmadi.

Klub San-Remo shahri bilan bog'liq bo'lib, bu shahar o'zining mashhur musiqa festivali bilan tanilgan. Qiziq tomoni shundaki, «Sanremeze» safida yana bir futboliy sulola vakili — sobiq jahon chempioni Yuriy Jorkayefning o'g'li Oan Jorkayef ham to'p suradi.

Shuningdek, jamoada Franchesko Gattuzo ham bor — u yana bir, ancha mashhurroq Gattuzoning jiyani hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tobias Del Pyero Sanremezeni o'yin o'tkazmasdan tark etdi