date

Reynders o‘zini de Bryuyne bilan solishtirishga izoh berdi

Reynders o‘zini de Bryuyne bilan solishtirishga izoh berdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Tidjani Reynders Kevin de Bryuyne bilan taqqoslanishi haqida fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda “shaharliklar” safiga qo‘shilgandi.

O‘shanda de Bryuyne jamoani tark etib, erkin agent sifatida “Napoli”ga o‘tgandi. ““Vulverhempton”ga qarshi o‘yinda debyut qilganimdan keyin tahlilchilar meni de Bryuyne bilan solishtirishdi.

Albatta, bu men uchun juda katta kompliment, ammo mening rolim ham, fazilatlarim ham boshqacha. “Manchester Siti”ga kelganimdan beri meni Kevin bilan tez-tez solishtirishadi va men doim takrorlayman: men yangi de Bryuyne emasman.

Men ko‘p qirrali yarim himoyachiman, lekin o‘zimni eng ko‘p “sakkizlik” pozitsiyasida ko‘raman. Boks-to-boks, ya’ni himoya bilan hujum orasida harakat qiladigan futbolchi.

Hujumlarni qurishda ham, yakunlovchi bosqichda ham ishtirok etish menga yoqadi”, — deya Reyndersning (u avval “Milan”da o‘ynagan) so‘zlarini City Report keltirdi. Kevin de Bryuyne “Manchester Siti” safida o‘n yil davomida to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Reynders o‘zini de Bryuyne bilan solishtirishga izoh berdi