
Bugun Angliya Premer-ligasining 18-turi rasman boshlandi. Turning ochilish bahsida "Manchester Yunayted" hamda "Nyukasl" o‘zaro kuch sinashdi va turga start berildi. Mezbonlar minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.
Asosiy intriga esa aynan bugungi kunga to‘g‘ri kelmoqda. 18-tur doirasida tomoshabinlarni bir vaqtning o‘zida 7 ta bellashuv kutmoqda. Qator markaziy o‘yinlar, chempionlik va yevrokuboklar uchun kurash nuqtayi nazaridan muhim to‘qnashuvlar muxlislar e’tiborida bo‘ladi.
Xususan, soat 17:30 da "Nottingem Forest" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Bu bahs turning eng kutilgan o‘yinlaridan biri hisoblanadi.
Soat 20:00 dan esa bir vaqtning o‘zida beshta uchrashuv start oladi. Ular orasida Arsenal – Brayton, Liverpul – Vulverxempton kabi qiziqarli to‘qnashuvlar bor. Shuningdek, Brentford – Bornmut, Byornli – Everton va Vest Xem – Fulxem uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.
Turning yakuniy va markaziy bahslaridan biri soat 22:30 da bo‘lib o‘tadi. Unda "Chelsi" Londonda "Aston Villa"ni mehmon qiladi.
Qisqasi, APL 18-turi muxlislarga to‘laqonli futbol kechasini va yuqori sur’atli, intrigaga boy o‘yinlarni va’da qilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.