date

Allegrining aytishicha Milan kuchli to'rtlikda qolishi kerak

Allegrining aytishicha Milan kuchli to'rtlikda qolishi kerak

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Kalyari"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. A Seriyaning 18-tur uchrashuvi 2 yanvar kuni soat 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Allegri bahs oson kechmasligini ta'kidladi: uning fikricha, turnir jadvali asta-sekin o'z ko'rinishini topmoqda va "Milan" kuchli to'rtlikdagi o'rnini saqlab qolish uchun navbatdagi qadamni tashlashi shart. Murabbiy 15 fevralgacha jamoani 8 ta o'yin kutayotgani, ulardan 6 tasi safarda bo'lishi, atigi 2 tasi esa o'z maydonida o'tishini eslatib, tarkibdagi barcha futbolchilar tayyor bo'lishi muhimligini qayd etdi.

Jamoa yangiliklari haqida gapirgan Allegri: Gabbia safga qaytganini bildirib, u "Kalyari"ga qarshi uchrashuvda zaxirada bo'lishini aytdi. Nkunku esa to'pig'idagi muammo sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. Leao to'liq tiklangan, biroq bir oy o'ynamagani uchun qancha vaqt maydonda qolishi masalasi ochiq. Pulisich kechagacha yakka tartibda shug'ullangan, Pavlovich safarga qo'shiladi, ammo yaqinda shamollagan — murabbiy ularning holati o'yin kuni aniqlanishini ma'lum qildi.

Hozirda "Milan" 35 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Kalyari" esa 18 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 14-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allegrining aytishicha Milan kuchli to'rtlikda qolishi kerak