date

Gradilenko Lazio va Napoli uchrashuviga taxmin bildirdi

Gradilenko Lazio va Napoli uchrashuviga taxmin bildirdi

Italiya A seriyasining 18-turi doirasida Rimning «Lazio» jamoasi «Napoli»ni qabul qiladi. Bo‘lajak bahs bo‘yicha o‘z fikrini Moskvaning «Spartak» sobiq futbolchisi Dmitriy Gradilenko aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, mezbonlar mag‘lub bo‘lmaydi, uchrashuvdagi umumiy gollar soni esa 3,5 tadan kam bo‘ladi. U «Napoli» safarda vaqti-vaqti bilan ochko yo‘qotishini, so‘nggi paytlarda esa «Lazio» neapolliklar uchun noqulay raqibga aylanib qolganini qayd etdi.

«Lazio» – «Napoli» o‘yini bugun, 4-yanvar kuni Rimdagi stadionda o‘tkaziladi. Start 16:30 da (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan.

Turnir jadvalida rimliklar 9-o‘rinda bormoqda, «Napoli» esa 3-pog‘onadan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gradilenko Lazio va Napoli uchrashuviga taxmin bildirdi