Dan Ndoy A Seriyaga qaytishi mumkin, Napoli qiziqmoqda

Dan Ndoy A Seriyaga qaytishi mumkin, Napoli qiziqmoqda

«Nottingem Forest» safida to‘p surayotgan Dan Ndoy yana Italiya chempionatiga qaytishi ehtimoldan xoli emas. U yaqinda «Bolonya»da yorqin o‘yin ko‘rsatib, xususan o‘tgan yilgi Italiya Kubogi finalida hal qiluvchi golni urib, klubga uzoq kutilgan sovrinni olib bergandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

calcionapoli1926.it xabariga ko‘ra, futbolchiga «Napoli» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Ndoy klub rahbariyatidan qo‘ng‘iroq ham olgan, biroq «Nottingem Forest» boshliqlari hozircha futbolchini sotishga tayyor emas.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan to‘rt ochkoga ortda qolgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar