Asllani faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

O‘tgan yozda «Inter»ning markaziy yarim himoyachisi Kristyan Asllani «Torino»ga o‘tganini xabar qilgandik. Oradan vaqt o‘tsa-da, futbolchi yangi jamoasida kutilgan darajada o‘zini ko‘rsata olmadi: u «Torino» tarkibida yetakchi rolni ololmadi va ko‘p hollarda ko‘zga tashlanmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu sabab Asllani tez orada Turinni ham tark etishi ehtimoli bor. Sport Mediaset ma’lumotiga ko‘ra, unga Fransiya chempionatidan — aniqrog‘i «Parij» klubi qiziqish bildirmoqda. Hozircha ehtimoliy transfer bo‘yicha moliyaviy tafsilotlar ochiqlanmadi, yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin. «Parij» hozirda Liga 1 jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing