Materatssi futbol tarixidagi uch eng yaxshi darvozabonni atadi

Italiyaning sobiq futbolchisi Marko Materatssi futbol tarixidagi eng kuchli darvozabonlar bo'yicha o'z reytingini e'lon qildi. Jahon chempioni bo'lgan himoyachi top-3 ro'yxatiga Lev Yashinni ham kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Materatssining fikricha, eng yaxshi uchlik quyidagicha: Janluiji Buffon, Lev Yashin va Zhulio Sezar. U bu darvozabonlarning ikkitasi bilan bir jamoada to'p surganini ham ta'kidladi.
Lev Yashin darvozabonlar orasida yagona “Oltin to'p” sohibi bo'lib qolmoqda: sovet afsonasi ushbu mukofotni 1963 yilda qo'lga kiritgan. Yashin 1990 yilda vafot etgan.
Eslatib o'tamiz, Materatssi 2006 yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan.





























Izohlar 0
…