5 092
Koreya bosh murabbiyi Uli Shtilike: O‘zbekistonni bu safar ham mag‘lubiyatga uchratmoqchimiz
Kuni kecha Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli Shtilike Evropada o‘tkazgan ikki oylik ta’tildan so‘ng Seul shahriga qaytib keldi.
Uni xalqaro "Inchxon" aeroportida mahalliy jurnalistlar qurshab olishdi, biroz o‘tib esa murabbiy savollarga javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya termasi 23 mart kuni Xitoyga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadi.
"Biz hamisha g‘alaba uchun maydonga tushamiz. O‘zbekiston bilan bo‘ladigan so‘nggi o‘yingacha JCh-2018 masalasini hal qilamiz. Umuman, biz oldimizdagi barcha beshta o‘yinning hammasini yutmoqchimiz, shu jumladan so‘ngisini ham.
Aks holda Jahon chempionatiga chiqish masalasi ochiqligicha qolib ketadi. Oldimizda qat’iy grafik bor, unga amal qilishimiz shart.
Men qo‘lostimdagi futbolchilarga ishonaman va ularga umid ko‘zi bilan qarayman. Xitoyga qarshi o‘yinga to‘xtalsam: Lippi kelgach, Chin yurti vakillari yanayam tezkor o‘yin namoyish etadigan bo‘lishgan.
Ular bizga bosim o‘tkazishlari aniq. O‘yin qiyin bo‘ladi. Ammo, men muarbbiylar shtabida ish boshlagan Cha Du Ri va Syol Ki Xyonglarga ishonaman.
Janubiy Koreya termasi kerakli natijalarga erishadi", - deydi Shtilike.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi