date

"Budyo-Glimt" Norvegiyada "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda tarix yozdi...

"Budyo-Glimt" Norvegiyada "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda tarix yozdi...

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida “Manchester Siti” Norvegiyada “Budyo-Glimt” mehmoni bo‘ldi va ko‘pchilik kutmagan ssenariy yuz berdi — 3:1 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyat. Abduqodir Husanov to‘liq harakat qilgan bahs nafaqat turnir uchun, balki Norvegiya futboli uchun ham alohida sahifa bo‘ldi.

Gap shundaki, bu natija bilan “Manchester Siti” Yevropa qit’asi musobaqalari tarixida “Budyo-Glimt”ga yutqazgan birinchi jamoa sifatida qayd etildi. Bu haqda Stata Football nashri ma’lumot tarqatdi.

Angliya klublariga qarshi “Budyo-Glimt” qanday o‘ynagan?

Norvegiyaning eng baquvvat jamoalaridan biriga aylanib borayotgan “Budyo-Glimt” hozirgacha Angliya klublari bilan 7 marta to‘qnash kelgan va quyidagi natijalar qayd etilgan:

Mag‘lubiyatlar:

  • “Arsenal”dan 0:3
  • “Arsenal”dan 0:1
  • “Manchester Yunayted”dan 2:3
  • “Tottenxem”dan 1:3
  • “Tottenxem”dan 0:2

Durang:

  • “Tottenxem” bilan 2:2

G‘alaba:

  • “Manchester Siti” ustidan 3:1

Qisqasi, “Budyo-Glimt” uchun bu g‘alaba — oddiy uch ochko emas, haqiqiy tarixiy “mo‘r” bo‘ldi.

Gvardiola shogirdlari kutilgan o‘yinni bera olmadi

Tarixiy ahamiyat kasb etgan bahsda Xosep Gvardiolaning ko‘plab futbolchilari odatdagi darajasini chiqara olmadi. Muxlislar kutayotgan ishonchli nazorat, aniq paslar va tartibli himoya o‘rniga, jamoa o‘yinida parokandalik, xatolar va keraksiz shoshma-shosharlik ko‘proq ko‘zga tashlandi.

“Manchester Siti” futbolchilari harakatlarini tahlil qilgan esteemedkompany.com ekspertlari o‘yinchilarni quyidagicha baholadi:

Janluiji Donnarumma — 5/10:

“Budyo-Glimt” gollarida u deyarli hech nima qila olmadi. Ammo Kasper Xyuzning bosh bilan zarba bergan vaziyatda noto‘g‘ri qaror qabul qildi.

Riko Lyuis — 4/10:

Juda sust o‘ynadi. Yarim himoyada harakat qildi, ammo deyarli hech narsa ko‘rsata olmadi.

Abduqodir Husanov — 5/10:

Ko‘plab jamoadoshlari kabi eng yaxshi holatida emas edi. “Siti” himoyasi butun o‘yin davomida tartibsiz ko‘rindi. Biroq Abduqodir markaziy himoyadagi sherigi Maks Alleyndan ancha ishonchli o‘ynadi.

Maks Alleyn — 3/10:

Ikki marta jiddiy xato qildi va bu xatolar raqibning dastlabki ikki goliga olib keldi. Keyin bor kuchini ishga soldi, ammo kech bo‘ldi. Bu kecha unga katta saboq bo‘lishi mumkin.

Rayan Ayt-Nuri — 6/10:

O‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi va “Siti”ning eng faol hujumkor futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Rodri — 4/10:

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bir daqiqada ketma-ket ikki sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Umuman olganda, Rodri o‘zining eng yaxshi formasidan ancha uzoq edi.

Tijani Reynders — 4,5/10:

Birinchi taymda kutilgan darajada o‘ynay olmadi. Keyinroq harakatni oshirdi, ammo bu ham samara bermadi.

Niko O’Rayli — 6/10:

Eng yaxshi holatida bo‘lmasa-da, chap himoyachi pozitsiyasida qo‘lidan kelganini qildi.

Fil Foden — 4/10:

Birinchi taymni juda yomon o‘tkazdi, ikkinchi taymda biroz o‘yinini yig‘di. 70-daqiqada uni Umar Marmush almashtirdi.

Rayan Sherki — 6/10:

Gol urdi va o‘yin davomida taslim bo‘lmadi. Ayrim vaziyatlarda to‘pni yo‘qotganiga qaramay, jamoadagi eng yaxshi ko‘ringanlardan biri bo‘ldi.

Erling Xoland — 3/10:

Vatanidagi o‘yini omadsiz chiqdi. Yagona yaxshi imkoniyatini ham boy berdi. Xulqi ham ko‘ngildagidek emas edi — lider sifatida ancha yaxshiroq ko‘rinish kerak.

Umar Marmush — 6/10:

Ekspertlar fikricha, Gvardiola misrlik futbolchini maydonga ancha ertaroq tushirishi mumkin edi.

Endi “Etixad”da g‘alaba shart

“Manchester Siti” Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 28-yanvar kuni Turkiyaning eng qudratli klublaridan biri — “Galatasaroy”ga qarshi o‘tkazadi. “Etixad”dagi bahsda mezbonlar uchun “majburiy g‘alaba” kayfiyati sezilib turibdi: Norvegiyadagi shapaloqdan keyin jamoa ham, muxlislar ham javob reaksiyasini kutyapti.

Agar “Siti” shu o‘yinda haqiqatan ham o‘zini katta jamoa deb ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, bu mag‘lubiyatni bahonaga aylantirmay, undan xulosa qilib, maydonda isbot qilishi kerak. Muxlislar esa bitta narsani yaxshi biladi: “Siti”ning haqiqiy yuzi — bosim ostida ko‘rinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Budyo-Glimt" Norvegiyada "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda tarix yozdi...