Bavariya Goretska o'rniga kimni ko'rib chiqayotgani haqida gapirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Fro'ynd Leon Goretska ketganidan keyin tarkibni qanday to'ldirish masalasi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq klub vakili 30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishini tasdiqlagan edi.
Fro'yndning aytishicha, klub tarkib bo'yicha turli ssenariylarni allaqachon ko'zdan kechirgan: ijarada yurgan yoki asosiy jamoada o'ynab turgan iqtidorli yoshlar bor, qaror qabul qilish uchun esa hali vaqt yetarli. Uning ta'kidlashicha, oldinda yana besh oy bor, biroq barcha variantlar jiddiy o'ylab chiqilgan.
Goretska bu mavsum barcha turnirlarda 28 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va assist qayd etmadi. Yozda uning shartnomasi yakuniga yetadi va kelishuv uzaytirilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!