Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy toʻp taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa styk raundida maydonga tushib, 1/8 final yoʻllanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa toʻgʻridan-toʻgʻri 1/8 finalga chiqib boʻlgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun moʻljallangan rasmiy toʻpni namoyish qildi. Dizayn qoramtir ranglarda ishlangan bo‘lib, unda oq yulduzlar aks etgan. Toʻp Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapesht shahrida oʻtkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan).
Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. Oʻtgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik magʻlub etib, kubokni qoʻlga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!