Alan Shirer APL haftasining jamoasini e'lon qildi

"Nyukasl" afsonasi Alan Shirer Angliya Premer-ligasining o‘tgan turidagi eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoani ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Darvozabon pozitsiyasiga "Kristal Pelas" vakili Din Henderson kiritildi. Himoya uchligi esa Jeyms Jastin ("Lids"), Ibraima Konate ("Liverpul") va Piero Inkapiye ("Arsenal")dan iborat bo‘ldi.
Yarim himoyada Anton Stah, Itan Ampadu ("Lids"), Jeyms Milner ("Brayton"), Nik O'Rayli ("Manchester Siti") hamda Eberechi Eze ("Arsenal") o‘rin oldi.
Hujum chizig‘ida esa Viktor Dyokeresh ("Arsenal") va Raul Himenes ("Fulhem") duet hosil qildi.
Hozirda APL turnir jadvalida "Arsenal" 61 ochko bilan peshqadam. Eng yaqin ta'qibchi "Manchester Siti"da 56 ochko bor, shuningdek jamoa bir o‘yin zaxirasiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!