date

O‘zbekiston mundialda Atlantadan turib katta sinovlarga hozirlik ko‘radi

O‘zbekiston mundialda Atlantadan turib katta sinovlarga hozirlik ko‘radi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati davomida o‘zining asosiy qarorgohini AQSHning Atlanta shahrida tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoamiz musobaqa paytida aynan shu yerda yashaydi va mashg‘ulotlarni «Atlanta Yunayted» klubiga tegishli tayyorgarlik bazasida olib boradi. Atlanta FIFAning rasmiy Team Base Camp variantlari qatoriga kirgan bo‘lib, bu shahardagi bazalardan biri aynan Atlanta United Training Centre hisoblanadi.

Bu qaror shunchaki qulaylik uchun emas, balki turnir logistikasi nuqtayi nazaridan ham o‘ylangan tanlovdir. FIFA qoidalariga ko‘ra, terma jamoalar guruh bosqichi davomida o‘z “uy bazasi”da yashab, o‘yinlarga charter reyslar orqali borib-keladi. Ya’ni jamoa bir shahardan boshqasiga ko‘chib yurmaydi, balki asosiy tayyorgarlik markazida qolgan holda uchrashuvlarga maxsus reyslar bilan yetib boradi va bahsdan keyin yana o‘z qarorgohiga qaytadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar FIFA musobaqa ishtirokchilari uchun 61 dan ortiq Team Base Camp lokatsiyasini tanlab qo‘ygan. Bu bazalar jamoalarning yashashi, tiklanishi va mashg‘ulot o‘tkazishi uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘lib, joylashtirish jarayoni terma jamoalar o‘ynaydigan shaharlar geografiyasiga qarab shakllantiriladi. NBC Sports ham aynan shu tizim guruh bosqichida jamoalar uchun “home away from home” vazifasini bajarishini yozgan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra guruhimizdagi jamoalar Portugaliya - Palm Bich Gardensga, Kolumbiya esa Kolumbus shahriga joylashadi.

Qisqasi, O‘zbekiston terma jamoasi uchun Atlanta nafaqat yashash manzili, balki mundialdagi katta orzu sari yo‘l olinadigan asosiy tayanch nuqtaga aylanadi. Jamoamiz aynan shu yerdan turib guruh bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlarga hozirlik ko‘radi. Bu esa muxlislar uchun ham alohida qiziq manzara: tarixiy mundialda O‘zbekistonning Amerikadagi “uyi” Atlanta bo‘ladi.


Manba: O‘FA matbuot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston mundialda Atlantadan turib katta sinovlarga hozirlik ko‘radi