«Neftchi» Termizda «Surxon»ni qanday qilib mag‘lub etdi? (video)

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida amaldagi chempion «Neftchi» Termizda «Surxon» mehmoni bo‘ldi. Mavsumni yuqori kayfiyatda boshlagan farg‘onaliklar bu safar ham o‘z kuchini namoyon qildi va raqib maydonida ishonchli hisobda zafar quchdi. Bellashuv 3:0 hisobida Islombek Ismoilov boshqarayotgan jamoa foydasiga hal bo‘ldi.
Superliga 2-tur
Surxon — Neftchi 0:3
Gollar:
Stipe Peritsa, 40 (0:1)
Stipe Peritsa, 48 (0:2)
Yovan Jokich, 73 (0:3)
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…