FIFA 2026 yilgi mundialda yangi qoidalarni joriy etdi

Xalqaro futbol federatsiyasi 2026 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun yangi reglamentni e'lon qildi. Unga ko'ra, endilikda har bir o'yin davomida futbolchilar uchun maxsus suv ichish tanaffuslari tashkil etiladi. Ushbu yangilik turnirdagi barcha uchrashuvlarga tatbiq etilishi belgilab qo'yildi.
Yangi qoidalarga binoan, har bir 45 daqiqalik taym o'rtasida o'yin 3 daqiqaga to'xtatiladi. Bu degani, har bir uchrashuv davomida jami ikki marotaba majburiy tanaffus e'lon qilinadi. Qizig'i shundaki, ushbu to'xtalishlar ob-havo sharoiti yoki haroratdan qat'i nazar, bosh hakam tomonidan amalga oshiriladi.
FIFA mazkur qarorni futbolchilarning sog'lig'ini asrash va ularning jismoniy holatini yaxshilash zarurati bilan izohladi. Mutaxassislarning fikricha, bunday qadam o'yinchilarning charchoq darajasini kamaytirishga va o'yin sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu o'zgarishlar o'yin tempiga ham o'ziga xos ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati futbol tarixidagi eng yirik musobaqalardan biri bo'lishi kutilmoqda. Unda ishtirok etadigan barcha terma jamoalar ushbu yangi qoidalarga moslashishlari kerak bo'ladi. FIFA ushbu tashabbus orqali sportchilar xavfsizligini birinchi o'ringa qo'yayotganini yana bir bor namoyish etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!