“So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvida kiritilgan gollarni tomosha qiling!

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Nasaf” bellashuvida mehmonlar o‘z so‘zini aytdi. Qarshilikka boy o‘tgan uchrashuvda Qarshi klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, safardan qimmatli uch ochko bilan qaytdi.
O‘yinning birinchi qismidayoq “Nasaf” tezkor va aniq harakat qildi. Hisob 15-daqiqada ochildi: Oybek Rustamov o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 0:1. Oradan ko‘p o‘tmay, 22-daqiqada Sharof Muhitdinov (uzatma muallifi: Zafarmurod Abdiraxmatov) yana bir gol urib, jamoasining ustunligini mustahkamladi — 0:2.
“So‘g‘diyona” ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirish, intrigani qaytarish uchun harakat qildi. Xususan, 74-daqiqada jizzaxliklar penalti orqali hisobni qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo Lyupcho Doriyevning 11 metrlik zarbasi golga aylanmadi.
Qolgan daqiqalarda “Nasaf” hisobni nazorat qildi, himoyada ishonchli harakat qildi va raqibga xavfli burilish qilish imkonini bermadi. Natijada tabloda 0:2 hisob saqlanib qoldi va uch ochko Qarshiga yo‘l oldi.
Superliga
2-tur
“So‘g‘diyona” – “Nasaf” 0:2
Gollar: 15 - Oybek Rustamov, 22 - Sharof Muhitdinov (Zafarmurod Abdiraxmatov)
Golga aylanmagan penalti: 74 - Lyupcho Doriyev
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!