Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turniri kardi rasman e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish3.1K
Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turniri kardi rasman e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 14 iyun kuni Oq Uyda UFC tarixidagi eng katta va eng ramziy turnirlardan biri bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Endi esa bu kechaning qay darajada “portlash” bo‘lishi aniqlashdi: promoushen rahbari Dana Uayt rasman kardni e’lon qildi.

Eng katta diqqat, tabiiyki, asosiy janglarga qaratilgan. Chunki afishada ham kuch, ham nom, ham intriga bor: har bir juftlikda alohida drama, alohida xarakter, alohida “o‘t” turadi. Bu turnir — oddiy kecha emas, Oq Uy maydonida bo‘ladigani uchun ham UFC uni maksimal darajada shov-shuvli, tomoshabop kard bilan to‘ldirgani sezilib turibdi.

Quyida Dana Uayt e’lon qilgan juftliklar:

  • Aleks Perreyra – Siril Gan
  • Iliya Topuriya – Jastin Getji
  • Shon O’Melli – Ayman Zaxabi
  • Maurisio Ruffi – Maykl Chendler
  • Bo Nikal – Kayl Dokas
  • Diyego Lopes – Stiv Garsiya

Ma’lum qilinishicha, janglar O‘zbekiston vaqti bilan 14 iyun kuni soat 06:00 da start oladi. Demak, muxlislar uchun bu “ertalabki” adrenalin: kimdir uyqudan turib tomosha qiladi, kimdir umuman uxlamay chiqadi — chunki kard shunga arziydiganga o‘xshaydi.

Qisqasi, Oq Uydagi UFC kechasi oldindanoq tarixiy tus olyapti: nomlar katta, to‘qnashuvlar qattiq, intriga esa maksimum. Endi navbat — jangchilarda: gapni oktagonda aytishadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?