Yulduz Turdiyeva “Tan olasanmi” qo‘shig‘ini taqdim etdi (audio)

Xonanda Yulduz Turdiyeva muxlislariga yangi taronasini taqdim etdi. San’atkor 27 oktyabr kuni YouTube kanalida “Tan olasanmi” deb nomlangan qo‘shig‘ini e’lon qildi.
Yangi taronaning she’ri ham, musiqasi ham Bahodir Nizamov tomonidan yozilgan.
Qo‘shiq tinglovchilar orasida qiziqish uyg‘otib, iliq fikrlarga sabab bo‘lmoqda. Izohlarda muxlislar tarona o‘zlariga manzur bo‘lganini yozib, xonandaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.
“Tan olasanmi” qo‘shig‘i e’lon qilinganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, tinglovchilar e’tiborini qozonishga ulgurgan. Hozircha tarona audio shaklida taqdim etilgan.






























Izohlar 0
…