Jasmin “Sev meni sev” bilan muxlislar e’tiborida (video)

Xonanda Jasmin muxlislariga yangi taronasini taqdim etdi. San’atkor 23 oktyabr kuni YouTube kanalida “Sev meni sev” nomli qo‘shig‘ini e’lon qildi.
Yangi tarona tinglovchilar orasida qiziqish uyg‘otib, iliq fikrlarga sabab bo‘lmoqda. Muxlislar izohlarda qo‘shiq o‘zlariga manzur bo‘lganini yozib, xonandaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.
“Sev meni sev” qo‘shig‘i e’lon qilinganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, klip 5 kun ichida 300 mingdan ortiq marta tomosha qilindi.
Siz Jasminning yangi klipini tomosha qildingizmi? Agar qo‘shiqni 10 ballik tizimda baholash imkoningiz bo‘lsa, unga necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…