Arsenal chempionlik paradi uchun sanani belgilab oldi

Arsenal klubi Mikel Arteta qoʻl ostida tarixiy dublga yerishish maqsadida Angliya Premer-ligasi yoki Chempionlar ligasi gʻolibligini nishonlash uchun maxsus parad sanasini belgilab oldi. Agar jamoa ushbu sovrinlardan birini yoki ikkalasini ham qoʻlga kiritsa, 31-may, yakshanba kuni Londonning Islington tumanida katta bayram tadbiri oʻtkaziladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Bayram tadbiri Budapeshtda boʻlib oʻtadigan Chempionlar ligasi finalidan bir kun oʻtib rejalashtirilgan. Bu esa Vengriyaga safar qiladigan muxlislar uchun jiddiy logistik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki ular qisqa vaqt ichida Londonga qaytib ulgurishlari kerak boʻladi.
Klub rahbariyati paradni kechki yemas, balki yertalab yoki tushlik vaqtida boshlashni rejalashtirmoqda. Jamoa aʼzolari ham finaldan soʻng Angliyaga yakshanba tongida yetib kelishadi, bu esa futbolchilar va muxlislar uchun juda tigʻiz grafikni anglatadi.
Arsenal yarim himoyachisi Declan Rice muxlislarni Budapeshtga imkon qadar koʻproq tashrif buyurishga chaqirdi. U jamoa tarixiy muvaffaqiyatga yerishishi uchun muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi va yenergiyasi juda muhim yekanligini taʼkidladi.































Izohlar 0
…