Arsenal jiddiy yoʻqotishga uchradi: Mikel Arteta himoyachilar jarohati haqida gapirdi

Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta William Saliba va Yurrien Timber jarohatlari sabab jamoa yetakchi himoyachilarini uzoq muddatga yo'qotganini tan oldi. William Saliba bel qismidagi surunkali og'riqlar tufayli tinch holatda saqlanmoqda, Yurrien Timber esa chov qismidagi muammolar sabab davolanmoqda. Timber maydondagi mashg'ulotlarga qaytgan bo'lsa-da, uning safga qo'shilishiga yana bir necha hafta kerak, Salibaning qaytish muddati esa noma'lum.
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi oldidan Arsenal jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta himoya chizigʻidagi asosiy futbolchilar — William Saliba va Yurrien Timberning jarohati borasida jiddiy xavotir bildirdi. Goal.com xabar berishicha, London klubi bosh murabbiyi jamoa oʻzining yetakchi oʻyinchilarini uzoq muddatga yoʻqotgani va bu mavsumdagi maqsadlarga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ushbu noxush xabar jamoaning Emirates Stadium maydonida Borussiya Dortmund klubiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvidagi magʻlubiyatidan soʻng maʼlum qilindi. Oʻsha bahsda londonliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, William Saliba oʻtgan 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin bel qismidagi surunkali ogʻriqlar sababli hozirda tinch holatda boʻlib turibdi, Yurrien Timber esa chov qismidagi muammolar tufayli davolanmoqda.
Yetakchilar safdan chiqqani jamoa rejalarini oʻzgartirib yubordi
Mikel Arteta futbolchilarning maydonga qaytish muddati boʻyicha aniq bir narsa deya olmasligini taʼkidladi. Uning aytishicha, Yurrien Timber reabilitatsiya jarayonini ijobiy davom ettirayotgan va maydonda mashgʻulotlarga kirishgan boʻlsa-da, uning safga qaytishiga yana bir necha hafta kerak boʻladi. William Saliba esa jarohatni zoʻriqtirib yubormaslik uchun mutlaqo tinch holatda saqlanmoqda.Salibaning yoʻqotilishi jamoa uchun ogʻir zarba hisoblanadi. 25 yoshli fransiyalik markaziy himoyachi oʻtgan mavsumda Arsenal himoya chizigʻining eng muhim qismi boʻlib, klubning eng yaxshi natijalar qayd etishida bosh rolni oʻynagandi. Avvalgi mavsumlarda ham uning yoʻqligi jamoa natijalarining pasayishiga olib kelgani kuzatilgan edi.
Transfer bozorida yangi harakatlar kutiladimi
Hozirgi kunda Arsenal safida Gabriel Magalyans, Rikardo Kalafiori va Ben Uayt kabi himoyachilar mavjud boʻlsa-da, zaxira imkoniyatlari mavsum boshlaniboq sinov ostida qolmoqda. Shunga qaramay, Mikel Arteta matbuot anjumanida transfer bozoridan darhol yangi markaziy himoyachi izlashga tushib ketmasligini ishora qildi.Murabbiyning fikricha, mavjud tarkibdagi futbolchilar jamoaviy masʼuliyatni yanada kuchaytirib, himoyadagi kamchiliklarni oʻz vaqtida yopishlari kerak. Oldinda esa jamoani Como qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi hamda Manchester Siti klubiga qarshi Angliya Superkubogi — Community Shield bahsi kutib turibdi.






























Izohlar 0
…