date

Toni Kroos Bavariya rahbariyatiga Konrad Laimer masalasida maslahat berdi

Toni Kroos Bavariya rahbariyatiga Konrad Laimer masalasida maslahat berdi

Bavariya yarimhimoyachisi Konrad Laimerning shartnomasini uzaytirish jarayoni kutilganidan ko‘ra murakkabroq kechmoqda. Dastlab shunchaki rasmiyatchilik deb qaralgan bu muzokaralar hozirda tomonlarning maosh borasidagi kelishmovchiliklari tufayli to‘xtab qoldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Real Madrid afsonasi Toni Kroos o‘zining "Einfach mal Luppen" podkastida sobiq jamoasiga murojaat qilib, muhim o‘yinchilarni qadrsizlantirmaslik kerakligini ta’kidladi. Kroosning fikricha, har mavsumda 40 ta gol urmasa ham, jamoa uchun qora mehnatni bajaradigan futbolchilarga munosib maosh to‘lash shart.

Sky xabariga ko‘ra, avstriyalik futbolchi hozirgi 10 million yevrolik maoshini 15 million yevroga yetkazmoqchi. Biroq Bavariya rahbariyati, xususan Uli Xyones, futbolchining talablarini tanqid ostiga oldi. Klub prezidenti Laimerning mehnatini yuqori baholasa-da, uni Maradona bilan solishtirib bo‘lmasligini va klub moliyaviy siyosatni qat’iy tutishini bildirdi.

Bavariya Joshua Kimmich, Jamal Musiala va Alphonso Davies kabi yulduzlar bilan qimmatbaho shartnomalar imzolaganidan so‘ng, endilikda har qanday moliyaviy talabga ko‘navermaslikni maqsad qilgan. Hozirda klub sport direktori Maks Eberl va Kristof Froynd muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toni Kroos Bavariya rahbariyatiga Konrad Laimer masalasida maslahat berdi