Arda Güler Xabi Alonso haqida: U haqiqatdan ham buyuk murabbiy

1 daqiqa o'qish252
Arda Güler Xabi Alonso haqida: U haqiqatdan ham buyuk murabbiy
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Real Madrid yarim himoyachisi Arda Güler sobiq ustozi Xabi Alonsoni haqiqatdan ham buyuk murabbiy deb atadi va u bilan munosabatlari ajoyib boʻlganini taʼkidladi.
  • Turkiyalik futbolchining soʻzlariga koʻra, ispaniyalik mutaxassis Bavariya bilan boʻlgan bahsdan soʻng unga maxsus tabrik yoʻllab, u bilan faxrlanishini aytgan.
  • Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi Bavariya qarshi Myunxendagi javob bahsida Arda dubl qayd etgan edi.

Real Madrid yarim himoyachisi Arda Güler oʻzining sobiq ustozi Xabi Alonso haqida iliq fikrlar bildirdi. Turkiyalik iqtidor egasining soʻzlariga koʻra, ispaniyalik mutaxassis Bavariya bilan boʻlgan bahsdan soʻng unga maxsus tabrik yoʻllagan. "Bavariya bilan oʻyindan keyin u menga xat yozib, men bilan faxrlanishini aytdi. Bu xabarni olishdan juda xursand boʻldim. Uning yoʻli ochiq boʻlsin, menimcha, u haqiqatdan ham buyuk murabbiy", — dedi futbolchi TRT Sport nashriga bergan intervyusida. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi Bavariya bilan oʻyinlar Güler uchun hissiyotlarga boy oʻtdi. Myunxendagi javob bahsida Arda Güler uchrashuv boshidayoq Manuel Neuer darvozasini ishgʻol qilib, hisobni ochdi, keyinchalik esa jarima zarbasidan ajoyib gol urib, dubl qayd etdi. Biroq, dramatik yakunlangan oʻyinda Luis Diaz va Michael Olise tomonidan urilgan gollar evaziga Myunxen klubi 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi.

Uchrashuv yakunida Arda Güler asablarini jilovlay olmadi. Final hushtagidan soʻng u hakam Slavko Vincic boshchiligidagi hakamlar guruhi bilan tortishib qolgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi. Shunga qaramay, yosh yulduz oʻzining sobiq murabbiyi Xabi Alonso bilan oʻtkazgan davrlarini ijobiy xotirlaydi.

"Bizning munosabatlarimiz ajoyib edi. U menga oʻyin kalitini topshirgandek boʻlardi, men aynan shuni qidirgan edim. U har kuni oʻyinchini qanday qilib yaxshiroq qilish, u bilan qanday muloqot qilish haqida oʻylab uygʻonardi. U sizni xonasiga chaqirib, taktikani tushuntirsa, unga ishonmaslikning iloji yoʻq", — deya qoʻshimcha qildi Real Madrid aʼzosi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?