Bavariya uchun kutilmagan zarba: Anthony Gordon boshqa klub bilan kelishib oldi

1 daqiqa o'qish300
Bavariya uchun kutilmagan zarba: Anthony Gordon boshqa klub bilan kelishib oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Barselona jamoasi Nyukasl hujumchisi Anthony Gordonni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha asosiy da'vogarga aylandi.
  • Italiyalik transfer eksperti Fabrizio Romano futbolchi va kataloniyaliklar o'rtasida kelishuvga erishilganini tasdiqladi.
  • Natijada, 25 yoshli futbolchi uchun kurash olib borayotgan Bavariya va Liverpul quruq qolishi kutilmoqda.

Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabariga koʻra, Barselona jamoasi Nyukasl hujumchisi Anthony Gordonni oʻz safiga qoʻshib olish borasida asosiy daʼvogarga aylandi. Maʼlumotlarga koʻra, kataloniyaliklar Angliya terma jamoasi aʼzosi uchun kurashda peshqadamlikni qoʻlga kiritgan. Italiyalik transfer eksperti Fabrizio Romano ham futbolchi va klub oʻrtasida kelishuvga erishilganini tasdiqlamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Natijada, 25 yoshli futbolchi uchun kurash olib borayotgan yana ikki gigant — Bavariya va Liverpul quruq qolishi kutilmoqda. Anthony Gordon faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni afzal koʻrmoqda. Unga murabbiy Hansi Flick, sport direktori Deco va prezident Joan Laporta tomonidan taqdim etilgan sport loyihasi maʼqul kelgan.

Barselona rahbariyatining yaqinda Londonga amalga oshirgan safari hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Deco boshchiligidagi delegatsiya Angliya poytaxtida futbolchi bilan uchrashib, uni oʻz tomoniga ogʻdirishga muvaffaq boʻlgan. Xabarlarga koʻra, ingliz hujumchisining asosiy maqsadi Camp Nou stadionida toʻp surish hisoblanadi.

Hozirda Nyukasl va Barselona oʻrtasida transferni yakunlash boʻyicha rasmiy muzokaralar davom etmoqda. Kataloniyaliklar raqiblarini ortda qoldirish uchun tezkor harakat qilishmoqda. Bavariya bir necha hafta oldin futbolchiga qiziqish bildirgan boʻlsa, Liverpul soʻnggi kunlarda hujumni kuchaytirish maqsadida unga jiddiy taklif bilan chiqqan edi.

Liverpul Muhammad Salah ketishi kutilayotgan bir paytda hujum chizigʻini yangilashni maqsad qilgan edi. Biroq, ularning barcha urinishlari besamar ketganga oʻxshaydi, chunki futbolchi allaqachon Barselona foydasiga tanlov qilib boʻlgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?