Garsiya Sarukyanga 40 ming dollar berishdan bosh tortdi

2 daqiqa o'qish291
Garsiya Sarukyanga 40 ming dollar berishdan bosh tortdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Amerikalik bokschi Rayan Garsiya UFC jangchisi Arman Sarukyanga aprel oyidagi bahsda yutqazgan 40 ming dollarini to‘lash niyati yo‘qligini ochiq aytdi.
  • Mojaro Garsiya Sarukyanning do‘stlaridan birini tanaga berilgan zarba bilan yiqita olmagach boshlangan va bokschi vaziyatni shubhali deb hisoblagan.
  • Garsiya shartlar unga noqulay va g‘alati tuyulgani uchun o‘zini aldangandek his qilganini ta'kidladi.

Yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Rayan Garsiya va UFC jangchisi Arman Sarukyan o‘rtasidagi 40 ming dollarlik bahs yana muhokama markaziga chiqdi. Amerikalik bokschi Armanga yutqazgan pulini to‘lash niyati yo‘qligini ochiq aytdi.

Mojaro aprel oyida boshlangan. O‘shanda Garsiya Arman Sarukyanning do‘stlaridan birini tanaga berilgan zarba bilan yiqita olmasligiga 40 ming dollar tikilgan. Bokschi ikki marta urinish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo raqibni yiqita olmagan. Shunga qaramay, yutqazilgan summa haligacha Sarukyanga berilmagan.

Rayan Garsiya Complex nashriga bergan intervyusida nima uchun pul to‘lashdan bosh tortayotganini tushuntirdi. Uning aytishicha, vaziyat avval boshidanoq unga shubhali ko‘ringan. Bokschi dastlab Armanning o‘zini urishni xohlagan, ammo UFC jangchisi bu adolatli bo‘lmasligini aytgan.

“Men unga bir dollar ham bermayman. Arman menga: 'Yo‘q, birodar, bu adolatdan emas, chunki men jangchiman va zarbalardan himoyalana olaman', dedi. Keyin esa to‘satdan qo‘riqchiga o‘xshash tasodifiy odam paydo bo‘ldi. Shu payt menda nimadir noto‘g‘ri degan fikr paydo bo‘ldi”, — dedi Garsiya.

Bokschining ta’kidlashicha, unga faqat ma’lum bir joyga zarba berishga ruxsat berilgan va u vaziyatni to‘liq tushunmagani uchun qattiq urishni istamagan. Garsiya bu shartlar unga noqulay va g‘alati tuyulganini aytdi. Shuning uchun u o‘zini aldangandek his qilgan.

“Men uni bor-yo‘g‘i ikki marta urdim, holbuki uch marta urishim kerak edi. Keyin o‘yladim: 'Yo‘q, bu qandaydir bema’nilik. Menga bu yoqmayapti'. Shundan so‘ng 'mayli, pulni beraman', dedim, lekin ichimda meni aldashdi, deb o‘yladim”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Garsiyaning fikricha, Arman Sarukyan uni ataylab noqulay vaziyatga tushirgan. Shu sabab u 40 ming dollar to‘lash niyatida emas. Hatto bokschi Sarukyanga qarata keskin chaqiriq ham yo‘lladi.

“Arman, eshit. Agar o‘sha pulni olmoqchi bo‘lsang, qani urinib ko‘r. Ular cho‘ntagimda!” — dedi Garsiya.

Bu gaplardan keyin ikki sportchi o‘rtasidagi mojaro yanada qizishi mumkin. Bir tomonda — pulni talab qilayotgan UFC jangchisi, ikkinchi tomonda esa o‘zini “tuzoqqa tushirilgan” deb hisoblayotgan bokschi. Qisqasi, bu yerda 40 ming dollardan ko‘ra ko‘proq narsa — obro‘, xarakter va sportchilar o‘rtasidagi prinsiplar o‘yinga kirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?