«Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston — Portugaliya bahsi uchun kirish bepul bo‘ladi

«Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston — Portugaliya bahsi uchun kirish bepul bo‘ladi

23 iyun kuni O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv «Bunyodkor» stadioniga o‘rnatilgan katta ekranda jonli namoyish etiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Shu kuni stadionda muxlislar uchun qo‘shimcha tadbir ham tashkil etiladi. Soat 19:30 da yoshlar futbol festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar stadionga kelmoqchi bo‘lgan muxlislarga ertaroq yetib kelishni tavsiya qilmoqda. Uchrashuv namoyishi va festivalga kirish mutlaqo bepul bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar