Transfer "bomba"si: "Trabzonspor" Shomurodov va Nunesni sotib olmoqda!

"Trabzonspor" Eldor Shomurodov transferini yakunlashga yaqin, biroq "Bashakshehir" Umut Nayirdan tashqari taxminan 5 million yevro talab qilmoqda. Turkiya klubi Shomurodov bilan birga "Liverpul" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darvin Nunesni ham tarkibiga qo'shishni rejalashtirmoqda. O'tgan mavsumda Shomurodov "Trabzonspor" forvardi Pol Onuachu bilan birgalikda 22 tadan gol urib, Turkiya Superligasining eng yaxshi to'purariga aylangan.
Yangi mavsumda Turkiya chempionligini ko‘zlagan "Trabzonspor" transfer bozorida portlash yasashda davom etmoqda. "Liverpul" sobiq yulduzi Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olgan trabzonliklar endi hujum chizig‘ini O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov va urugvaylik Darvin Nunes bilan kuchaytirmoqchi.
Turkiyaning nufuzli takagazete.com.tr nashri xabariga ko‘ra, "Trabzonspor"ning markaziy hujumchi o‘rni uchun asosiy va birinchi raqamli nishoni aynan Eldor Shomurodov bo‘lib turibdi.
Almashuv kelishuvi: Umut Nayir + 5 million yevro
Jurnalist Chag‘ri Aktashning ma’lum qilishicha, "Trabzonspor" rahbariyati "Bashakshehir" hujumchisi Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun o‘z forvardi Umut Nayirni almashuvning bir qismi sifatida taklif qilgan.
O‘zbekistonlik hujumchining Turkiyada mahalliy (turk) futbolchi maqomida o‘ynash huquqiga egaligi bu transferni "Trabzonspor" uchun yanada jozibador qilmoqda.
" 'Trabzonspor' Shomurodov transferini yakunlashga juda yaqin turibdi. Biroq 'Bashakshehir' Umut Nayirdan tashqari qo‘shimcha ravishda taxminan 5 million yevro badal puli talab etmoqda", — deb yozadi insayder.
Shomurodov va Darvin Nunes tandemi!
"Trabzonspor" bosh murabbiyi Fotih Tekke hujum chizig‘ida ko‘p gol uradigan tajribali va sermahsul futbolchini ko‘rishni istamoqda. Shu sababli muzokaralar sur’ati keskin tezlashtirilgan.
Qizig‘i shundaki, trabzonliklar faqat Eldor bilan cheklanib qolmoqchi emas. Agar Umut Nayir "Bashakshehir"ga o‘tsa, klub Shomurodov transferidan tashqari, "Liverpul" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darvin Nunesni ham o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati hujum chizig‘ini bir vaqtning o‘zida ikki nafar super-top forvard bilan to‘liq shakllantirishni maqsad qilgan.
To‘purarlar poygasidagi ustunlik
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Eldor Shomurodov "Trabzonspor" forvardi Pol Onuachu bilan birgalikda 22 tadan gol urib, Turkiya Superligasining tengsiz to‘purariga aylangan edi.
Shomurodov transferiga qo‘shib berilayotgan Umut Nayir esa o‘tgan mavsumda 9 ta gol bilan mahalliy turk futbolchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan. Ma’lumot uchun, Superliga to‘purarlar ro‘yxatining yuqori qatorlarini faqat legionerlar — Eldor Shomurodov, Pol Onuachu (22 tadan), Taliska (19 ta), Muhammad Bayo va Viktor Osimxen (15 tadan), Mauro Ikardi (14 ta) egallashgan.
Trabzonliklarning yana bir yetakchi to‘purari Felipe Augusto (13 ta gol) yaqinda Rossiyaning "Zenit" klubiga o‘tib ketgani bois, Shomurodov va Nunes transferi klub uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…