"Bernabeu"da 8 yil: Vinisius Instagram'da shov-shuvli post qoldirdi...

Vinisius Junior "Real" bilan shartnomasini 2032 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi. 26 yoshli futbolchi Instagram'dagi postida klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlari va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi. U "Bernabeu"da yana 6 yil va abadiy qolishni istashini ta'kidlab, 2018 yildan beri himoya qilib kelayotgan klubida faoliyatini kamida 14 yilga yetkazadi.
Madridning "Real" klubi bilan shartnomasini 2032 yilning 30 iyunigacha uzaytirgan braziliyalik hujumkor vinger Vinisius Junior ushbu tarixiy voqeadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
26 yoshli futbolchi o‘zining Instagram sahifasida "qirollik klubi" rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirib, muxlislarga samimiy murojaat yo‘lladi.
"Bernabeu"da yana 6 yil va abadiy!"
Vinisius "Santyago Bernabeu"da o‘tkazgan yillarini yodga olib, Madridda qolish uning eng katta istagi bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi:
" 'Bernabeu'da 8 yil — bu juda kam... Yana 6 yil va abadiy! Sizlarni yaxshi ko‘raman! Rahmat, prezident Peres, Mourinio, Xuni, Xose Anxel, futbolchilar va butun klubga", — deb yozadi braziliyalik yulduz.
Ma’lumot uchun, futbolchi o‘z postida alohida tilga olgan Xuni Kalafat — "Real"ning bosh skauti, Xose Anxel Sanches esa klubning bosh direktori hisoblanadi. Joze Mourinio va Florentino Peres boshchiligidagi rahbariyat Vinisiusni jamoaning uzoq muddatli kelajak loyihasida markaziy figura sifatida ko‘rmoqda.
Madriddagi meros davom etadi
2018 yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelayotgan Vinisius Junior yangi bitim orqali Madriddagi faoliyatini kamida 14 yilga yetkazadigan bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich uni klub tarixidagi eng sadoqatli va uzoq muddat to‘p surgan legionerlardan biriga aylantiradi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…