«Jar»da Ronaldu bilan suratga tushgan bolalar bugun unga qarshi o‘ynashi mumkin

«Jar»da Ronaldu bilan suratga tushgan bolalar bugun unga qarshi o‘ynashi mumkin

2009 yil. Toshkentdagi «Jar» stadioni. Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida u «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan esdalik uchun suratga tushgan edi. Ushbu kadr muallifi Anvar Ilyosov.

Oradan 17 yil o‘tib, o‘sha suratdagi bolalardan ikki nafari Ronalduga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endi ular portugaliyalik futbolchini chetdan tomosha qiladigan yoshlar emas, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida unga raqib bo‘lishi mumkin.

O‘sha kuni Ronaldu bilan bir kadrda turgan bolalar bugun uni mag‘lub etish uchun maydonga chiqishi mumkin.

O‘zbekiston 23 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliya bilan o‘ynaydi. Xyustondagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar