Andrea Kambiasko transfer mish-mishlari va Yuventusdagi maqsadlari haqida gapirdi

Andrea Kambiasko transfer mish-mishlari va Yuventusdagi maqsadlari haqida gapirdi
Qisqacha

Andrea Kambiasko transfer mish-mishlari zamonaviy futbolning ajralmas qismi ekanini aytib, butun e'tiborini Yuventusdagi vazifalariga qaratganini bildirdi. U murabbiy qaysi pozitsiyaga qo'ysa, o'sha yerda jamoaga bor kuchi bilan foyda keltirishga tayyorligini ta'kidladi. Kambiasko Interga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jamoa muxlislarga munosib o'yin ko'rsatishga intilishini aytdi.

Avstraliyaning Pert shahrida Italiya derbisining navbatdagi oʻrtogʻlik oʻyini oldidan Yuventus himoyachisi Andrea Kambiasko matbuot anjumanida ishtirok etdi. TuttoJuve.com nashri xabar qilishicha, futbolchi jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi, transfer bozoridagi mish-mishlar hamda Interga qarshi boʻlajak bahs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kambiaskoning taʼkidlashicha, Inter va Yuventus oʻrtasidagi har qanday uchrashuv doimo oʻzgacha eʼtibor va jozibaga ega. Garchi bu safargi toʻqnashuv oʻrtoqlashuv maqomida boʻlsa-da, maydonda jiddiy raqobat va yuqori intensizlik hukm surishi kutilmoqda. Futbolchi jamoa bor kuchini ishga solib, muxlislarga munosib oʻyin koʻrsatishga intilishini bildirdi.

Shuningdek, himoyachi bosh murabbiy qoʻl ostida mavsumni boshlash muhimligiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra,qt oʻtgan sari futbolchilar murabbiyning taktika va gʻoyalarini chuqurroq oʻzlashtirib bormoqda. Uzoq masofalarga uyushtirilgan safarlar va charchoqqa qaramay, jamoa mashgʻulotlarda yuqori ishtiyoq bilan ishlamoqda.

Transfer mish-mishlari va pozitsiyalar

Yozgi transfer oynasi vaqtidagi turli xabarlarga munosabat bildirarkan, Kambiasko bu kabi holatlar zamonaviy futbolning ajralmas qismi ekanini va futbolchilar bunga allaqachon koʻnikib qolganini taʼkidladi. U Yuventus sharafini himoya qilayotganidan faxrlanishini hamda butun eʼtiborini faqatgina klubdagi vazifalarga qaratganini qatʼiy bildirdi.

Maydonda qaysi qanotda harakat qilishining ahamiyati yoʻqligini aytgan futbolchi istalgan pozitsiyada jamoaga foyda keltirishga tayyorligini qoʻshimcha qildi. Avvalgi mavsumlarda ham oʻng qanotda oʻynaganini eslab, murabbiy qayerga qoʻysa, oʻsha yerda bor kuchini berishga harakat qilishini taʼkidladi.

Oʻtgan mavsum yakunlariga toʻxtalib, Kambiasko natijalar koʻngildagidek boʻlmaganini va bu holatni unutib boʻlmasligini eʼtirof etdi. Oʻtgan yili yoʻl qoʻyilgan xatolar va yetmagan jihatlar jamoa uchun qoʻshimcha saboq boʻlib, kelgusi mavsumda yanada qattiqroq ishlash hamda oldinga intilish uchun asos boʻlishi kerakligini qayd etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar