Shahzoda ijodga qaytdi: “Vosxishaysya, jizn odna” qo‘shig‘i taqdim etildi (audio)

Xonanda Shahzoda 6 yillik tanaffusdan so'ng 7 avgust kuni yangi yakkaxon taronasini taqdim etdi. Rus tilida ijro etilgan qo'shiq “Vosxishaysya, jizn odna” deb nomlangan. Tarona musiqasi Kosti, matni esa Andrey Kidanov tomonidan yaratilgan. Shahzoda qo'shiq ustida xalqaro ijodiy jamoa bilan hamkorlikda ishlagan.
Xonanda Shahzoda 6 yillik tanaffusdan so‘ng muxlislariga yangi yakkaxon taronasini taqdim etdi. So‘nggi yillarda ijodkor asosan remikslar hamda boshqa xonandalar bilan hamkorlikdagi loyihalar orqali muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan.
Shahzodaning yangi qo‘shig‘i rus tilida ijro etilgan bo‘lib, “Vosxishaysya, jizn odna” deb nomlangan. Tarona premyerasi 7 avgust kuni bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shiq musiqasi Kosti tomonidan yaratilgan, matni esa Andrey Kidanov qalamiga mansub. Shahzoda yangi tarona ustida xalqaro ijodiy jamoa bilan hamkorlikda ishlagan.
Xonandaning yangi ijodi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. 6 yillik tanaffusdan so‘ng yakkaxon tarona bilan qaytishi Shahzodaning ijodiy faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…