Real Madrid Rodri transferidan voz kechib, 30 million yevrolik iqtidorga eʼtibor qaratdi

Real Madrid Manchester Siti yetakchisi Rodri transferidan voz kechib, yarim himoyani kuchaytirish uchun 18 yoshli Jorthy Mokioni asosiy muqobil sifatida ko'rmoqda. Ajax tarbiyalanuvchisi 48 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va bir nechta pozitsiyada o'ynay olishi bilan madridliklar e'tiborini tortgan. Uning Ajax bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, shu bois transfer dastlabki 30 million yevrodan qimmatroqqa tushishi mumkin.
Madridning Real klubi transfer bozorida oʻz rejalarini tubdan oʻzgartirishga majbur boʻldi. Goal.com xabar berishicha, Florentino Peres jamoaning yarim himoya chizigʻini kuchaytirish uchun moʻljallangan asosiy nishoni — Manchester Siti yetakchisidan voz kechishga qaror qilgan. Bunga tajribali yarim himohachining asosiy raqib — Barselona safiga oʻtishga yaqin ekanligi sabab boʻlmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Dastlab Real Madrid rahbariyati maydon markaziga tajriba va taktik intizom olib kirish uchun aynan ispaniyalik futbolchini transfer qilishni ustuvor vazifa deb belgilagan edi. Biroq futbolchining Kataloniya klubi loyihasini tanlashi kutilmagan burilish yasadi va Qirollik klubi zudlik bilan boshqa variantlarni koʻrib chiqishni boshladi.
Yangi transfer strategiyasi va yosh iqtidor
Yuzaga kelgan vaziyatdan soʻng Real Madrid skautlari eʼtiborini Niderlandiya chempionatiga qaratdi. Erediviziyada porlayotgan yosh yulduz Jorthy Mokio madridliklarning 30 million yevrolik zaxira rejasiga aylandi. Fichajes maʼlumotlariga koʻra, klub rasmiylari 18 yoshli tayanch yarim himoyachisining jismoniy imkoniyatlari va ulkan salohiyati La Liga talablariga toʻla mos kelishiga amin.Ushbu transferga oʻtish Madrid klubi uchun butunlay yangi strategiyani anglatadi. Agar Rodri tayyor va qimmatbaho yulduz sifatida olib kelinishi rejalashtirilgan boʻlsa, Ajax tarbiyalanuvchisi uzoq muddatli sarmoya sifatida koʻrilmoqda. Yoshligiga qaramay, u Amsterdam klubi safida allaqachon katta tajriba toʻplab ulgurgan.
Ajax bilan muzokaralar qiyin kechishi kutilmoqda
Jorthy Mokio Johan Cruyff Arena stadionida oʻzini koʻrsatib, jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. 2026 yilning apreligacha boʻlgan soʻnggi shartnoma uzaytirilishiga qadar u asosiy jamoadagi rasmiy oʻyinlari sonini 48 taga yetkazib, 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Uning bir nechta pozitsiyada oʻynay olishi Madrid rahbariyatining qiziqishini yanada oshirdi.Biroq Niderlandiya gigantidan iqtidorli futbolchini olib chiqib ketish oson kechmaydi. Ajax moliyaviy bosim ostida emas va futbolchi bilan imzolangan uzoq muddatli shartnoma 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Madrid klubi tomonidan dastlabki 30 million yevro qiymat eʼlon qilingan boʻlsa-da, niderlandiyaliklar oʻz yulduzi uchun bundan ancha yuqori mablagʻ talab qilishlari mumkin.
Endilikda Real Madrid rahbariyati ham futbolchining oʻzini, ham uning klubini shartnomani qisqa fursatda oʻzgartirishga koʻndirish uchun puxta reja tuzishi kerak boʻladi. Bu transfer yozgi mavsumning eng qizgʻin voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…