JCH-2026. Chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

Jahon chempionatida nimchorak final bahslari yakunlanib, chorakfinalga chiqqan barcha jamoalar nomi aniqlandi.
Navbatdagi bosqichda muxlislarni bir qator shiddatli to‘qnashuvlar kutmoqda. Ayniqsa, Ispaniya — Belgiya hamda Norvegiya — Angliya uchrashuvlari katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Fransiya Marokash bilan kuch sinashadi
Chorakfinal bosqichini Fransiya va Marokash milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs ochib beradi.
Uchrashuv 9 iyuldan 10 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Norvegiyaning navbatdagi raqibi — Angliya
Norvegiya chorakfinalda Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Ikki jamoa o‘rtasidagi bellashuv 10 iyuldan 11 iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 ga belgilangan. Ushbu juftlikdan keskin va murosasiz futbol kutilmoqda.
Markaziy bahsda Ispaniya va Belgiya to‘qnashadi
Chorakfinalning eng e’tiborli uchrashuvlaridan birida Ispaniya hamda Belgiya milliy jamoalari yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Bahs 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da start oladi.
Argentina Shveysariyaga qarshi
Amaldagi chempion Argentina chorakfinalda Shveysariya bilan to‘qnash keladi.
Argentina nimchorak finalda Misrni superkambek evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, Shveysariya Kolumbiyani penaltilar seriyasida yengdi.
Uchrashuv 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar tongi soat 06:00 da boshlanadi.
Chorakfinal o‘yinlari jadvali
Fransiya — Marokash — 10 iyul, 01:00;
Norvegiya — Angliya — 11 iyul, 00:00;
Ispaniya — Belgiya — 12 iyul, 02:00;
Argentina — Shveysariya — 12 iyul, 06:00.
Endi jahon chempionligi uchun kurashda atigi sakkiz jamoa qoldi. Har bir uchrashuv yarimfinal yo‘llanmasi taqdirini hal qiladi.































Izohlar 0
…