Yamal va Messi tarixi: 19 yosh, 19 raqam va 19 iyul finali

Yamal va Messi tarixi: 19 yosh, 19 raqam va 19 iyul finali

Lamin Yamalning jahon chempioni bo‘lishi ortidan Lionel Messi bilan bog‘liq bir qator qiziq mosliklar tilga olinmoqda. 19 yil avval Messi chaqaloq Yamal bilan mashhur suratga tushgan edi. Oradan yillar o‘tib, ular 19 iyul kuni Jahon chempionati finalida raqib sifatida uchrashdi.

Yamal finalda Ispaniya terma jamoasi safida 19-raqamli futbolkada harakat qildi va 19 yoshida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu raqam uning uchun bejiz tanlanmagani aytilmoqda. Yamal 19-raqamni Messiga hurmat sifatida kiyadi.

Messi ham faoliyati davomida Argentina terma jamoasi va «Barselona»da 19-raqamda o‘ynagan. Qizig‘i, u Yamalni cho‘miltirgan surat olingan vaqtda ham 19 yoshda bo‘lgan.

Shu tariqa, Messi va Yamal tarixi yana bir ramziy voqea bilan davom etdi. Bir paytlar chaqaloq bo‘lgan Yamal yillar o‘tib, jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynadi va Ispaniya bilan bosh sovrinni qo‘lga kiridi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar