Rodri Kataloniya sari: Barselona kutilmagan transferga yaqinlashmoqda

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Manchester Siti yarimhimoyachisi Rodri faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin. Rodri Barselona rahbariyatiga Manchester Siti bilan muzokaralarni boshlash uchun rasman rozilik bergan. Kataloniyaliklar uning Hansi Flik loyihasiga mos kelishi va jarohat olgan Frenkie de Jongning o'rnini to'ldirishi mumkinligini hisobga olmoqda.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Manchester Siti yarimhimoyachisi Rodri faoliyatini kutilmaganda Barselonada davom ettirishi mumkin. Avvalroq futbolchi Real Madrid qiziqishlari doirasida boʻlgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq kataloniyaliklar loyihasi ispaniyalik yulduzni oʻziga jalb qilishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirda Rodri Barselona rahbariyatiga Manchester Siti bilan muzokaralarni boshlash uchun rasman rozilik bergan. Klub boshqaruvi bu boradagi eng asosiy toʻsiq — futbolchining asl niyatlarini aniqlab olish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganiga ishonmoqda.
Hansi Flik loyihasiga mukammal mos keluvchi futbolchi
Garchi yozgi transfer oynasida hujum chizigʻini kuchaytirish Barselona uchun ustuvor vazifa boʻlib qolayotgan boʻlsa-da, dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan birini qoʻlga kiritish imkoniyati rahbariyatni bu rekani jiddiy koʻrib chiqishga majbur qildi. Oʻzining mahorati, ulkan tajribasi va sardorlik fazilatlari bilan Rodri bosh murabbiy Hansi Flikning oʻyin falsafasiga juda mos tushadi.Mutaxassislarning fikricha, kataloniyaliklar ushbu transferni amalga oshirishga intilayotganining yana bir sababi jarohat olgan niderlandiyalik yarimhimoyachi Frenkie de Jongning oʻrnini munosib yopish istagidir. Rodrining kelishi jamoaning markazdagi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Markaziy chiziqdagi ulkan raqobat
Agar ushbu transfer amalga oshsa, Barselona markaziy chizigʻida haqiqiy yulduzlar armiyasi yigʻiladi. Hozirning oʻzida jamoada Gavi, Pedri, Dani Olmo, Frenkie de Jong, Fermin Lopes, Mark Kasado va Mark Bernal kabi iqtidorli futbolchilar toʻp surmoqda va ularning safiga Rodrining qoʻshilishi tarkib chuqurligini yanada oshiradi.Shunga qaramay, mutaxassislar orasida bu bitim klubning umumiy moliyaviy va strategik rejasiga qanchalik toʻgʻri kelishi haqida savollar ham yoʻq emas. Manchester Siti yetakchisini oʻz safiga qoʻshib olish Kataloniya klubidan ulkan mablagʻ va jiddiy saʼy-harakatlarni talab qilishi aniq.






























Izohlar 0
…