Rodri "Barselona"ga oʻtishga yaqin turibdi

Manchester Siti yarimhimoyachisi Rodri "Barselona" loyihasiga ijobiy baho berib, klub rahbariyatiga Manchester Siti bilan muzokaralarni boshlash uchun rasman rozilik berdi. Kataloniya klubi transferni tezlashtirishga harakat qilmoqda, bunga Frenki de Jongning jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqqani ham turtki bo'lmoqda. Rodri Xansi Flikning o'yin falsafasiga yuqori mahorati, tajribasi va yetakchilik fazilatlari bilan mos keladi.
Soʻnggi kunlarda Manchester Siti yetakchisi Rodri nomi Real Madrid klubi bilan koʻp bor tilga olinganiga qaramay, futbolchi kutilmaganda Kataloniyaning Barselona jamoasiga koʻchib oʻtishga juda yaqin keldi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, ispaniyalik yarimhimoyachi blaugranas loyihasiga ijobiy baho berib, rahbariyatga Manchester Siti bilan muzokaralarni boshlash uchun rasman rozilik bildirgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Kataloniya klubi rahbariyati asosiy toʻsiq — futbolchining oʻzi nimani xohlashini aniqlashtirib olish eng murakkab qadam boʻlganini va bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganini taʼkidlamoqda. Garchi klubning yozgi transfer oynasidagi asosiy ustuvor vazifasi hujum chizigʻini kuchaytirish boʻlib qolayotgan boʻlsa-da, dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan birini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyati klubni bu transfer borasida jiddiy bosh qotirishga majbur qildi.
Xansi Flik loyihasiga mos keluvchi futbolchi
Rodri bosh murabbiy Xansi Flikning oʻyin falsafasiga barcha jihatlari, jumladan yuqori mahorati, ulkan tajribasi va yetakchilik fazilatlari bilan mukammal darajada mos tushadi. Shuningdek, xabarlarga koʻra, Barselona ushbu transferni tezlashtirishga harakat qilmoqda, chunki jamoaning niderlandiyalik yarimhimoyachisi Frenki de Jong jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqqan edi.Biroq Rodrining kelishi kataloniyaliklar tarkibida markaziy chiziqning haddan tashqari toʻlib ketishiga va hatto oʻyinchilar ortiqchaligiga olib kelishi mumkin. Hozirning oʻzida ham Barselona yarim himoyasida Gavi, Pedri, Dani Olmo, Frenki de Jong, Fermin Lopes, Mark Kasado va Mark Bernal kabi iqtidorli futbolchilar oʻz oʻgʻri uchun kurash olib bormoqda.
Murabbiy uchun ijobiy bosh ogʻriq
Bunday boy tanlov Xansi Flik uchun oʻziga xos ijobiy bosh ogʻriq tugʻdiradi. Germaniyalik mutaxassis tarkib kuchini yoʻqotmagan holda, koʻplab yorqin nomlar orasidan xohlagancha tanlov qilish va futbolchilarni erkin rotatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladi.Mutaxassislarning fikricha, Rodrining transferi nafaqat ichki raqobatni kuchaytiradi, balki Barselona klubiga Yevropa arenasida ham eng yuqori maqsadlar uchun kurashishda qoʻshimcha ishonch bagʻishlaydi.






























Izohlar 0
…