Las-Vegasdagi sensatsiya: Kuillan Salkill Gamrotni 1-raunddayoq bo‘g‘ib qo‘ydi!

Kuillan Salkilld «UFC Fight Night 284» turnirining asosiy jangida Mateush Gamrotni 1-raund yakunlanishiga 35 soniya qolganida bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Bu mag'lubiyat Gamrot faoliyatidagi 5-si bo'ldi, uning hisobida 26 ta g'alaba va 1 ta o'tkazilmagan jang bor. Kuillan Salkilld faoliyatidagi 13-g'alabasini qo'lga kiritib, g'alabali seriyasini 11 ta jangga, UFC'dagi g'alabalari sonini esa 6 taga yetkazdi.
Biroz avval AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida «UFC Fight Night 284» turniri o‘z yakuniga yetdi. Oqshomning markaziy jangida yengil vazn toifasi vakillari oktagonda kuch sinashdilar.
Turnirning asosiy bahsida polshalik tajribali jangchi Mateush Gamrot Avstraliya vakili Kuillan Salkilldga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bahs MMA muxlislari uchun kutilmagan sensatsion natija bilan yakun topdi.
1-raunddagi chaqmoqdek g‘alaba va bo‘g‘ish usuli
Dramali kechgan bahsning ilk raundi yakunlanishiga bor-jog‘i 35 soniya qolgan bir paytda avstraliyalik sportchi nomdor va tajribali raqibini parterda tutib oldi. Salkilld o‘ta aniq harakat qilib, Gamrotni bo‘g‘ish usuli (submision) bilan muddatidan oldin taslim bo‘lishga majbur etdi.
Jangchilarning statistikasi va Salkilldning «dahshatli» seriyasi
Mateush Gamrot: Ushbu mag‘lubiyat polshalik sportchi uchun faoliyatidagi 5-si bo‘ldi. Uning hisobida 26 ta g‘alaba bor, yana 1 ta jangi o‘tkazilmagan deb topilgan.
Kuillan Salkilld: Avstraliyalik jangchi faoliyatidagi 13-g‘alabasini tantana qildi (hisobida 2 ta mag‘lubiyat ham bor).
Bu natija orqali Salkilld o‘zining g‘alabali seriyasini 11 ta jangga, UFC tashkilotidagi g‘alabalari sonini esa 6 taga yetkazib oldi.
Eslatib o‘tamiz: Kuillan Salkilld bundan avvalgi jangida ham haqiqiy sensatsiya qayd etgan edi — u yengil vaznning yana bir top-jangchisi Beneil Dariushni 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga taslim etgandi. Kechki bahs avstraliyalik nomzodning diviziondagi top-da’vogarga aylanganini ko‘rsatmoqda.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.































Izohlar 0
…