Yuventus darvozabonlar chizigʻida katta oʻzgarishlarga hozirlik koʻrmoqda

Italiyaning Yuventus klubi yozgi transferlar mavsumida darvozabonlar pozitsiyasini tubdan yangilash harakatini boshladi. Jamoa tarkibida kutilayotgan oʻzgarishlar nafaqat asosiy darvozabon, balki zaxira posbonlariga ham taalluqli boʻlishi kutilmoqda. Bu esa Turin klubining kelgusi mavsumdagi tarkib siyosatida muhim oʻrin tutadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Tottenxem darvozachisi Vikarioni jamoaga olib kelish boʻyicha kelishuvga erishilgan va bu holat Di Gregorioning klubni tark etishini muqarrar qilmoqda. Shuningdek, transfer bozorida Alisson hamda Emiliano Martines kabi nomlar ham koʻrib chiqilgani, PARS Sen-Jermen bilan ijara variantlari esa amalga oshmagani qayd etilgan.
Mattia Perinning ketishi va zaxira posboni izlanishlari
Asosiy tarkibda doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlishni istagan Mattia Perin Palermo klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Ikki yildan buyon asosiy darvozabon boʻlishni maqsad qilib kelgan tajribali posbon hatto A Seriya B ga tushishga ham tayyor ekanligi aytilmoqda. Uning agenti Alessandro Luchchi transfer masalasida faol ish olib bormoqda.Perin ketgan taqdirda, Yuventus Vikarioning oʻrinbosari sifatida yangi zaxira darvozabonini topishga majbur boʻladi. Pinsoglio esa jamoada uchinchi raqamli darvozabon sifatida qolishi tasdiqlangan. Rahbariyat bu lavozim uchun bir nechta nomzidlarni diqqat bilan oʻrganib chiqmoqda.
Asosiy nomzodlar va transfer bozori
Klub eʼtibor qaratayotgan asosiy nomzodlar sirasiga Emil Audero ham kiritilgan. Kremonezemedagi ijara muddatidan soʻng Komoni tark etayotgan Audero oʻz vaqtida Yuventus tarbiyalanuvchisi boʻlgani bois, tarkib roʻyxatini shakllantirishda qoʻl kelishi mumkin. Bundan tashqari, Atletiko Madrid safida harakat qilayotgan Xuan Musso ham variantlardan biri boʻlib qolmoqda, garchi unga Napolidan ham qiziqish mavjud boʻlsa-da.Sky Sport xabariga koʻra, Turin klubi Latsiodan ijara asosida qaytgan Mandasni ham kuzatgan edi, biroq rimliklar yosh darvozabonni sotish niyatida emas. Shuningdek, Yuventus Argentina bozoriga ham eʼtibor qaratib, River Pleyt tarbiyalanuvchisi, 2004 yilda tugʻilgan Santyago Beltran haqida ham maʼlumot toʻplagani maʼlum qilindi.






























Izohlar 0
…