Liverpul Yankuba Minte uchun 60 million funtlik taklifidan ham voz kechdi

2 daqiqa o'qish81
Liverpul Yankuba Minte uchun 60 million funtlik taklifidan ham voz kechdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Liverpulning Yankuba Minte uchun yuborgan 60 million funtlik ikkinchi taklifi ham Brayshton va Xov Albion tomonidan rad etildi.
  • Brayshton 22 yoshli vinger uchun kamida 70 million funt talab qilmoqda, avvalgi 50 million funtlik taklif ham qanoatlantirilmagan.
  • Jarohat sabab Minte ikki-uch oy maydonga tusha olmaydi, biroq uning bozor qiymati pasaymagan.

Angliyaning Liverpul klubi hujum chizigʻini kuchaytirish yoʻlidagi harakatlarida jiddiy toʻsiqqa uchradi. Jamoa Brayshton va Xov Albion yarimhimoyachisi Yankuba Minte xizmatiga qiziqish bildirib, uning transferi uchun ikkinchi bor rasmiy taklif yuborgan edi, biroq bu urinish ham rad etildi. The Athletic nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, mersisaydliklarning 60 million funt sterling miqdoridagi soʻnggi taklifi ham «chayqalar» rahbariyati tomonidan qanoatlantirilmagan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maʼlum boʻlishicha, Brayshton klubi 22 yoshli vinger uchun kamida 70 million funt talab qilmoqda va oʻz pozitsiyasida qatʼiy turibdi. Liverpul avvalroq futbolchi uchun 50 million funt taklif qilgan va bu taklif ham darhol rad etilgandi. Transfer oynasining yopilishiga oz vaqt qolgan bir paytda klub rahbariyati murakkab tanlov qarshisida qolmoqda, chunki jamoaga hujum chizigʻi uchun zudlik bilan yangi kuchlar kerak.

Jarohat va transferdagi qiyinchiliklar

Transfer muzokaralarini yanada murakkablashtirayotgan yana bir omil — futbolchining jismoniy holati hisoblanadi. Yankuba Minte shu oy boshida Romaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) oʻng oyogʻidan jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Ushbu koʻngilsiz holat tufayli vinger ikki-uch oy davomida yashil maydonga tusha olmaydi.

Shunga qaramay, futbolchining bozor qiymati tushib ketgani yoʻq. 2024 yilning yozida Nyukasl Yunayted safidan Brayshtonga koʻchib oʻtgan afrikalik futbolchi oʻtgan mavsum davomida Amex Stadiumʼda barqaror oʻyin koʻrsatib, 36 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mersisaydliklarning hujumdagi muammolari

Liverpulning transfer bozoridagi faolligi bejiz emas. Jamoa yetakchisi Muhammad Salahning ketishi hujum chizigʻida katta boʻshliqni yuzaga keltirdi. Misrlik futbolchining oʻrnini munosib egallash klub uchun jiddiy bosh ogʻrigʻiga aylandi. Osasunadan 23 yoshli hujumchi Viktor Munoz safga qoʻshib olingan boʻlsa-da, yakshanba kuni Nyukaslga qarshi oʻtkaziladigan oʻyin oldidan bosh murabbiy jamoada imkoniyatlar yetarli emasligini tan oldi.

Goal.com xabar qilishicha, bosh murabbiy oʻzining matbuot anjumanida: «Ayniqsa qanotlarda oʻynash uchun maxsus futbolchilarimiz yetarli emasligi sababli, baʼzi vaziyatlar men uchun juda aniq va tushunarli», deya jamoaga qoʻshimcha qanot futbolchilari suv va havodek zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, Yankuba Minte Liverpulning yagona nishoni emas, biroq boshqa muqobil variantlar ham qiyin kechmoqda. Qizillar yozgi transfer oynasi davomida Pari Sen-Jerjyen hujumchisi Bredli Barkolani ham kuzatib kelayotgan edi. Biroq ikki klubning fransiyalik futbolchi qiymati borasidagi qarashlarida katta tafovut saqlanib qolayotgani sababli bu boradagi muzokaralar ham toʻxtab qolgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?