Liverpul yulduzchasi Rio Ngumoha Muhammad Saloh oʻrnini bosa oladimi?

Liverpulning 17 yoshli futbolchisi Rio Ngumoha Muhammad Salohning o'rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda. U 2025-26 yilgi mavsumda ilk gollarini urib, jamoatchilik e'tiborini tortdi va Bavariya qiziqishiga sabab bo'ldi. Emil Heskey Ngumohada ajoyib dribling borligini ta'kidlab, undan hozircha Salohnikidek golli natijalar kutilmasligi kerakligini aytdi.
Liverpul klubining yosh iqtidori Rio Ngumoha jamoadan ketgan afsonaviy hujumchi Muhammad Salohning oʻrnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda. Biroq, mersisaydliklarning sobiq hujumchisi Emil Heskeyning taʼkidlashicha, oʻsmir futbolchi yuksak choʻqqilarga erishishi uchun oʻz oʻyin uslubida ayrim oʻzgarishlarni amalga oshirishi lozim boʻladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Chelsi akademiyasidan kelib qoʻshilgan 17 yoshli iqtidor egasi 2025-26 yilgi mavsumda oʻzining yorqin oʻyinlari bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi. U oʻzining ilk gollarini urib, klub tarixidan joy olishga ulgurdi va hozirda transfer bozorida ham katta qiziqishlarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, Bavariya klubi ham uning harakatlarini kuzatgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Goal.com xabar berishicha, Bavariya vakillari Michael Olise atrofidagi transfer mish-mishlari fonida oʻsmir futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatlarini koʻrib chiqqan. Shunga qaramay, hozircha Germaniya chempionatiga oʻtish amalga oshmadi va Liverpul yosh futbolchiga oʻz rejalaridan kattaroq oʻrin berishga tayyorlanmoqda.
Muhammad Saloh merosi va yangi imkoniyatlar
Liverpul safida 257 ta gol urib, toʻqqizta sovrinni qoʻlga kiritgan uch karra PFA yilning eng yaxshi futbolchisi Muhammad Saloh jamoani tark etdi. Mersisaydliklar uning oʻrniga katta mablagʻ evaziga hech qanday yulduz futbolchini sotib olishmadi, bu esa Rio Ngumohaga oʻz imkoniyatini namoyon etish uchun yoʻl ochdi.Futbolchi Angliya terma jamoasi safida Yangi Zelandiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻng qanotda harakat qilib, yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq, uning asosiy ampluasi chap qanot qanot hujumi hisoblanadi.
Sobiq hujumchi Emil Heskey BetWright tikish sayti orqali Goal.com nashriga bergan intervyusida yosh futbolchining imkoniyatlari haqida shunday dedi: «Unda ajoyib dribling bor, bu raqib futbolchilarini oʻziga jalb qilib, boshqa zonalarda boʻshliqlar yaratishga yordam beradi. Kelajak uchun juda istiqbolli oʻyinchi. Yagona narsa — biz Riodan Mo taqdim etgan golli natijalarni kutmasligimiz kerak».
Oldindagi asosiy qadam
Emil Heskeyning fikricha, oʻsmir futbolchi oʻng qanotga moslashish uchun oʻzining fikrlash jarayonini oʻzgartirishi kerak, shundagina u raqiblar uchun yanada xavfli qurolga aylanadi.Shuningdek, Liverpulning yana bir sobiq afsonasi Jon Barnes ham Ngumohaning kelajagi haqida fikr bildirar ekan, uning himoyachilarni qiyin ahvolsa solish qobiliyati shubhasiz ekanini taʼkidladi. Barnesning soʻzlariga koʻra, futbolchi uchun navbatdagi muhim qadam — bu barqaror ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishdir.






























Izohlar 0
…