19 yoshli Yamal farzand kutyaptimi?

Kecha, 6 sentyabr kuni “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda gol urganidan so‘ng barmog‘ini og‘ziga qo‘yib, so‘rg‘ichga o‘xshash ishora qildi. Mazkur harakat ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi farzand kutyapti, degan taxminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Yamal golni nishonlash jarayonida barmog‘ini og‘ziga qo‘ygani ortidan tarmoq foydalanuvchilari uning sevgani Ines Garsiya Santos homilador bo‘lishi mumkinligi haqida turli mish-mishlarni tarqata boshladi.
Biroq hozircha bu taxminlarni tasdiqlovchi rasmiy ma’lumot yo‘q. “Yahoo Sports” ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal ushbu ishorani farzand kutgani uchun emas, balki kichik ukasi Keynga bag‘ishlagan. Keyn sentyabr oyida to‘rt yoshga to‘ladi.
Shu tariqa, futbolchining goldan keyingi ishorasi otalik haqidagi xabar emas, balki ukasiga atalgan samimiy tabrik va mehr ifodasi bo‘lgani aytilmoqda.
Ines Garsiya Santosning homiladorligi haqida esa hozircha na Yamalning o‘zi, na uning vakillari tomonidan rasmiy ma’lumot berilgan.






























Izohlar 0
…