Ronaldu o‘zini futbol tarixidagi "eng yaxshi o‘yinchi" deb hisoblashini aytdi

Ronaldu o‘zini futbol tarixidagi "eng yaxshi o‘yinchi" deb hisoblashini aytdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘zini barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi deb hisoblashini bildirdi. U bu haqda jurnalist va do‘sti Edu Agirre bilan suhbatda gapirdi. Intervyu CNN Portugal telekanalida namoyish etildi.

Ronaldu suhbat davomida faoliyati, erishgan natijalari va Lionel Messi bilan ko‘p yillik raqobati haqida fikr bildirdi.

«Men barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisiman. Tamom. Raqamlarning o‘zi gapiradi. Men o‘zimdan yaxshiroq hech kimni bilmayman. Tarix allaqachon yozilgan. Bugun faoliyatimni yakunlasam ham, hech narsadan afsuslanmayman», — dedi portugaliyalik hujumchi.

U Lionel Messi bilan raqobati haqida gapirar ekan, bu bellashuv har ikki futbolchining yanada yuqori natijalarga erishishiga turtki bo‘lganini ta’kidladi.

«Ulardan biri doimo ikkinchisiga motivatsiya bergan. Bu xuddi "Formula-1"dagi Alen Prost va Ayrton Senna o‘rtasidagi raqobatga o‘xshaydi», — dedi Ronaldu.

Futbolchi, shuningdek, yoshiga qaramay, gol urishda davom etayotgani va bu natijalariga yetarlicha baho berilmayotganini ta’kidlagan.

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi raqobat ko‘p yillar davomida jahon futbolidagi eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Ikki yulduzning o‘zaro bellashuvi klublar va terma jamoalar miqyosidagi natijalar, rekordlar hamda individual mukofotlar uchun kurash bilan yodda qolgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar