
2018 yilda yozgi transferlar darichasi Angliya Premer Ligasi klublari uchun ertaroq yakunlanadigan bo‘ldi. Bu haqda «BBC» xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, bundan keyin APLda transfer darichasi yangi mavsum boshlanmasdan oldin nihoyasiga yetadi.
Angliya Premer Ligasida ishtirok etuvchi klublarning ko‘p qismi bu o‘zgarish uchun ovoz bergan.
Demak, kelasi yozda APL klublari 1-tur o‘yinidan oldingi payshanba kunigacha futbolchilarni sotib olishlari mumkin. Odatda, shu paytgacha, Angliya klublari uchun transfer darichasi 31 avgust kuni nihoyasiga yetar edi.
Albatta, boshqa ligalarda transferlar avgustning oxirigacha davom etishi tufayli, ingliz klublari o‘z futbolchilarini boshqa ligalardagi klublarga sotishlarida hech qanday to‘siq bo‘lmaydi.
Transferlarni mavsum boshlanguncha nihoyasiga yetkazish kerakligi haqida bir necha yildan buyon Arsen Venger, Joze Mourino kabi murabbiylar va bir qator mutaxassislar aytib kelishayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar