Ispaniya La ligasining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Levante»ga qarshi bahsning 89-daqiqasida «Real» himoyachisi Marselo maydondan chetlatildi. Mazkur vaziyat yuzasidan bosh hakam Ernandes Ernandes uchrashuv qaydnomasiga quyidagicha yozib qo‘ydi:
«O‘yinning 89-daqiqasida o‘yinchi Marselo Viyeyra Da Silva Junior ushbu sababga ko‘ra maydondan chetlatildi: to‘p o‘yinda bo‘lmagan paytda futbolchi raqibning beliga tepdi.
Tartib-intizom reglamentining 123-moddasiga muvofiq keskin o‘yin uchun futbolchi bittadan uchta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinadi. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydondan chetlatish haqidagi 114-moddaga ko‘ra Marselo kamida 2ta o‘yinga chetlatiladi. Boisi, to‘p o‘yinda bo‘lmagan paytdagi xatti-harakat uchun chetlatilgan futbolchiga kamida 2ta o‘yindan iborat diskvalifikatsiya nazarda tutilgan.
Ammo Tartib-intizom qo‘mitasi Marseloning harakatlarini tajovuzkor deya hisoblasa, 98-modda bo‘yicha Marselo 4ta o‘yindan 12ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Manba: Stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi