Barcha bokschilarimiz Jahon Kubogida medalga ega bo‘lishdi

Rossiyaning Beloyarsk shahrida neft qazib oluvchi davlatlar o‘rtasida boks bo‘yicha XII Jahon Kubogi yakuniga etdi. Kecha barcha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Ushbu musobaqada Osiyo va Evropaning 18 ta davlatidan charm qo‘lqop ustalari ishtirok etdi.
Mamlakatimiz sharafini Abdulla Qo‘chqorov (49 kg), Murodjon Ahmadaliev (56 kg), Shaxram G‘iyasov (64 kg), Ulug‘bek Haqberdiev (75 kg), Botirali Mamajonov (81 kg) va Bahodir Jalolov (+91) himoya qilishdi. Ulardan to‘rt nafari final bahsiga etib keldi.
Abdulla Qo‘chqorov oltin medal uchun kechgan bahsda ozarbayjonlik Salmon Alizodaga, Botirali Mamajonov esa rossiyalik Idris Shaxmanovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shaxram G‘iyasov tojikistonlik Shavkatjon Rahimovni, Bahodir Jalolov esa rossiyalik Ivan Veryasovni mag‘lubiyatga uchratib, Jahon kubogining oltin medalini qo‘lga kiritishdi.
Qolgan yana ikki bokschimiz – Murodjon Ahmadaliev va Ulug‘bek Haqberdiev yarim finalda mag‘lubiyatga uchrab, bronza medali bilan taqdirlanishdi. Umumjamoa hisobida terma jamoamiz Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.
Manba. olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing