Turkmaniston poytaxti Ashxobodda o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining xabariga ko‘ra, bugun, 20 sentyabr kuni milliy kurash bo‘yicha gilamga chiqqan Rahimaxon Yo‘ldosheva final jangida turkmanistonlik raqibi Shirin Kubayevani 10:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi.
-70 kg vazn toifasida belbog‘li kurash bo‘yicha finalda ishtirok etgan Husniddin Ro‘ziyev turkmanistonlik raqibi Hangeldi Allakovni 8:1 hisobida mag‘lub etib oltinga ega chiqdi.
Yana bir - 90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Obidali Mavlonov finalda Turkmaniston vakili Ovazgeldi Berdiyevni 7:1 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga oltinchi oltin medalni qo‘shib kuydi.
Og‘ir atletika sport turida ishtirok etgan Doston Yoqubov kumush medal bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida ayni vaqtda 6 ta oltin 16 ta kumush va 34 ta bronza medallari mavjud. Delegatsiya umumjamoa hisobida oltinchi o‘ringa chiqib oldi.
Musobaqa mezboni Turkmanistonning oltin medallari soni 53 taga yetdi.
Eron delegatsiyasida 10 ta, Qozog‘iston hisobida esa 7 ta oltin medal bor. Xitoy delegatsiyasi O‘zbekiston kabi oltita oltin medalga erishdi.
BAA, Tailand va Hindiston delegatsiyalari 5 tadan oltin medalga ega chiqishgan.
Vetnamlik sportchilar 4 ta oltinni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Mo‘g‘uliston hamda Janubiy Koreya delegatsiyalari 3 tadan oltin medallarga ega chiqishdi.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi